Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik o‘smir FIFA o‘yini uchun ota-onasidan yashirincha 9 ming dollar pulni sarflab yubordi
Kanadalik Lens Perkins 17 yoshli o‘g‘li FIFA simulyatorining mikrotranzaksiyasiga 9 ming dollarga yaqin pul yo‘qotganligini aniqladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
O‘smirning ta'kidlashicha, u kartadan yechib olinayotgan pullar borasida hech qanday shubhaga bormagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u pullarni bir martalik to‘lov uchun sarflagan. U keyingi mikrotranzaksiyada real pullarni sovurayotganini xayoliga ham keltirmagan. Geymer o‘yinni Xbox qurilmasida o‘ynagan. Qurilmaning aynan qaysi turi haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritilmagan.
Boshida Perkinsga 7,6 ming dollarlik hisob cheki kelgan, keyinchalik bank ushbu summa qiymatini oshirgan. Kanada qonunchiligi bo‘yicha bunday holatda ota o‘g‘lini firibgarlikda ayblab,sudga berishi ham mumkin edi.
Microsoft kompaniyasi ushbu voqeaga rasmiy izoh berar ekan, mazkur qurilmalarda bolalar turli to‘lovlarni amalga oshirmasliklari uchun maxsus ota-ona nazorati tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi.
Perkinsning ma'lum qilishicha, bundan buyon uning uyida na Xbox va na boshqa o‘yin qurilmalari bo‘lmaydi.