Jahon | 20:12 / 14.01.2016
3209
1 daqiqa o‘qiladi

Misr kurortlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun 32 million dollar ajratdi

Misr hukumati sayyohlar xavfsizligini ta'minlash uchun qo‘shimcha choralarni ko‘rmoqda. Shu maqsadda byudjyetdan 250 million Misr funti (32 million dollar) ajratdi, deya xabar qildi RIA “Novosti” mamlakat turizm vaziri Xishom Zaazuaga tayangan holda.

Qayd etilishicha, yangi skaner va metallodetektor xarid qilish, sayyohlar xavfsizligi sohasida ishlaydigan xodimlar sonini oshirish, politsiya itlari miqdorini ko‘paytirish, shuningdek, Qizil dengizidagi asosiy kurortlar — Sharm ash-Shayx hamda Xurgadda xavfsizlikni to‘liq nazorat qilish tizimini joriy etish qo‘shimcha choralar sifatida belgilangan.

“Biz doimiy ravishda mamlakatimizga tashrif buyurish istagidagi sayyohlar uchun xavfsizlik darajasini oshirishni ta'minlashga harakat qilamiz, bu bizning birinchi galdagi vazifamizdir”, - dedi vazir.