Jahon | 10:06 / 14.01.2016
6981
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishi mumkin

Xitoy Xalq Respublikasi IShIDga qarshi harbiy harakatlardagi ishtirokini boshlashi mumkin. Bu haqda The Washington Times nashri AQSh Qurolli Kuchlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Nashrning yozishicha, Xitoy hukumati IShIDga yollanuvchilar orasida xitoyliklar soni ortib borayotganidan tashvishga tushgan.

Bu haqdagi maqolada Xitoy o‘z harbiy harakatlarini AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida emas, Rossiya bilan hamkorlikda olib borishi ehtimoli yuqori ekani aytilgan.

Bundan oldinroq, Xitoy rahbari Si Tszinpin IShID tomonidan xitoylik va norvegiyalik asirlarning qatl etilishiga munosabat bildirib, bu tashkilotga qarshi jiddiy kurash olib borishga chaqirgandi.