Jahon | 11:24 / 14.01.2016
4186
2 daqiqa o‘qiladi

Obama va Putin Saudiya Arabistoni hamda Eronni o‘rtadagi keskinlikni yumshatishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon suhbati davomida Saudiya Arabistoni hamda Eronni o‘rtadagi keskinlikni yumshatishga chaqirdi. Bu haqda Kreml saytiga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

“Yetakchilar Saudiya Arabistoni hamda Eron o‘rtasidagi munosabatlar inqirozi keltirib chiqargan kesqinlikni deeskalatsiya qilishga chaqirishdi”, - deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat, Suriyada siyosiy mojarolar, ekstremistik tuzilmalarga qarshi kurash uchun terroristik tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirishni tezlashtirish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, telefon orqali suhbat Amerika tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilgani e'lon qilindi.

Shu kuni Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilindi.3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganini bildirdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlik hamon saqlanib qolmoqda

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish