O‘zbekiston | 18:10 / 14.01.2016
3387
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston temir yo‘llari eksport yuklarini tashishda chegirmalar taqdim qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ joriy yilning 1 yanvaridan eksport yuklarini tashish uchun chegirmalar e'lon qildi. Chegirmalar hajmi eksport yukining turi va jo‘natish stansiyasiga qarab 15-25 foizni tashkil qiladi.

Chegirmalar quyidagi yuklarga nisbatan amal qiladi:
— oziq-ovqat doni;
— mis;
— oltingugurt qumog‘i;
— paxta terish mashinasi;
— traktor tirkamasi;
—kultivator;
— yigirilgan ip;
— portlandsement;
— qurilish gipsi;
— asbest quvuri;
— so‘ndirilmagan qurilish ohagi;
— mikrokaltsit;
— industrial yog‘lar;
— kvars qumi;
— quruq qurilish qotishmalari;
— gipsokarton.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish