Jahon | 23:18 / 14.01.2016
5941
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Iordaniya qiroli bilan terrorchilikka qarshi kurash masalasini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Iordaniya qiroli Abdulloh II telefon orqali muloqot chog‘ida aksilterror harakatlar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha gaplashishgan. Bu haqda Rossiya prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"Ikki tomonlama hamkorlik turli kanallar orqali terrorizmga qarshi kurashni jadallashtirish, "Oman mexanizmi" bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan", deyiladi xabarda.

Rossiya prezidenti muloqot chog‘ida terroristik tashkilotlar ro‘yxati tuzilishi Iordaniya hukumati uchun muhim ekanini qayd etib o‘tgan.