Jamiyat | 19:24 / 14.01.2016
8594
1 daqiqa o‘qiladi

Shohjahon Jo‘rayev Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan yangi taronani taqdim etdi

O‘zbek estrada san'ati vakili Shohjahon Jo‘rayev 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yangi taronani taqdim etdi.

“Do‘st qadri” deb nomlangan mazkur qo‘shiqning matni Zohidjon Xolovga tegishli bo‘lsa, musiqasini qo‘shiqchining o‘zi bastalagan.

Bundan avvalroq esa xonanda o‘z muxlislariga “Tillo uzuk” deb nomlangan taronasiga ishlangan klipni taqdim etgan edi.