Jahon | 13:36 / 14.01.2016
2421
1 daqiqa o‘qiladi

Starbucks Jakartadagi barcha kafelarini vaqtinchalik yopadi

Starbucks kafelar tarmog‘i Indoneziya poytaxtidagi barcha muassasalarini vaqtinchalik yopib qo‘yadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bugun shaharda oltita portlash sodir etildi. Halok bo‘lganlar soni ayni paytda 7 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 4 nafari hujumni uyushtirgan qo‘poruvchilarning o‘zidir.

Aytilishicha, kafelar shaharda xavfsizlik to‘la ta'minlanganiga qadar yopiq turadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish