Jamiyat | 14:38 / 14.01.2016
3310
1 daqiqa o‘qiladi

Time: AQSh kollejlarining 40 foizi abituriyentlarining Facebook va Instagram’dagi sahifalarini monitoringdan o‘tkazadi

AQSh kollejlarining 40 foiz qabul komissiyalari hujjat topshirgan abituriyentlarning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi profillarini tekshirib boradi. Bu haqda Time nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, 2008 yili o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga nisbatan bu ko‘rsatkich to‘rt barobarga oshgan. Shunga qaramay, respondentlarning katta qismi (89 foiz) bunday tekshiruvlar juda kam hollarda amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tishdi.

Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlar abituriyent haqida ko‘proq ma'lumot olish kerak bo‘lganidagina monitoring qilinadi. Shu bilan birga, u yerdan topiladigan axborotning katta qismi salbiy xarakterga ega bo‘lishi tan olindi.