O‘zbekiston | 10:21 / 14.01.2016
12435
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiston” saroyida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

“Turkiston” saroyida 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigini O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Q.Berdiyev o‘qib eshittirdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 12 yanvarda qabul qilingan farmoniga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhi faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Yig‘ilishda ularga Vatanimizning ana shu yuksak mukofotlari topshirildi.

«Eng ilg‘or oliy harbiy ta'lim muassasasi», «Eng ilg‘or Serjantlar tayyorlash maktabi», «Eng ilg‘or mudofaa ishlari boshqarmasi» tanlovi g‘oliblari e'lon qilinib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Tantanali marosimda taniqli san'atkorlar va yosh iste'dodlar ijrosida katta bayram konserti namoyish etildi.