Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri: Rossiya Anqaraning IShIDga qarshi kurash olib borishiga xalal bermoqda
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining aytishicha, Rossiya Suriyada harbiy amaliyotlarga kirishish orqali Turkiya Harbiy havo kuchlarining IShIDga qarshi kurash olib borishiga xalaqit bermoqda. Bu haqda Reyter agentligi xabarida yozilgan.
Bosh vazirning fikricha, Rossiya samolyotlarining harakatlari mintaqadagi radikal kuchlarni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi mumkin.
Bundan oldinroq, Turkiya Suriya bilan chegarasida baland devor tiklayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2015 yilning 30 sentabr kuni Suriya hududida havo zarbalarini amalga oshirishni boshladi.