O‘zbekiston | 14:43 / 15.01.2016
4540
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati FVBning yangi o‘quv markazi foydalanishga topshirildi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi yangi binosining tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘quv markazida kutubxona, bir necha o‘quv auditoriyalari, mehmonxona mavjud bo‘lib, fuqaro muhofazasiga oid o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, markaz zamonaviy kompyuter texnologiyalari, qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan ta'minlangan.

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan o‘quv markazi hodimlariga yangi «Damas» avtomobili topshirildi, deb xabar qiladi FVV axborot xizmati.