Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farhod Abdullayev FIFAning Sevilyada o‘tadigan seminariga taklif etildi
O‘zbekistonlik FIFA hakamlar istruktori Farhod Abdullayev shu yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA seminariga taklif oldi.
FIFA 16 – 19 fevral kunlari hakamlar instruktorlari uchun Ispaniyaning Sevilya shahrida o‘quv-seminarlari tashkil etadi. Unga barcha futbol konfederatsiyalardan istruktorlar taklfif etilgan. Xususan, OFKdan ushbu seminarlarda 11 nafar vakil qatnashadi. Ular orasida o‘zbekistonlik FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullayev ham mazkur seminarga taklif olgan.
Ayni vaqtda Farhod Abdullayev Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida nazoratchi sifatida ishlamoqda. Shuningdek, O‘zbekiston vakillaridan Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ham ushbu qit'a chempionatida hakamlik qilmoqda.