Sport | 19:10 / 15.01.2016
2154
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA «Valensiya» va «Vilyarreal» klublarini ham voyadan yetmagan o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganlikda ayblab, jazolashi mumkin

FIFA Ispaniyaning «Valensiya» va «Vilyarreal» klublarida tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, tekshiruv 18 yoshga to‘lmagan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qonunbuzilish holatlarini aniqlashga qaratilgan. FIFA qoidalariga ko‘ra, bunday transferlarga qat'iy taqiqlar joriy qilingan.

«Valensiya» va «Vilyarreal»da taqiqlangan yoshdagi futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Kecha xuddi shu sabab bilan «Real» va «Atletiko» jamoalari jazolanishgandi.

Oldinroq esa «Barselona» xuddi shu tartibdagi jazolarni o‘tagandi.

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi FIFAning voyaga yetmagan futbolchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonunbuzilishlari holatlarini aniqlashi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish