Sport | 10:09 / 15.01.2016
3604
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyalik futbolchi "Portu" safiga o‘tdi

Portugaliyaning "Vitoriya" jamoasining janubiy koreyalik hujumchisi Suk Xen Jun "Portu" safiga o‘tdi.

Janubiy Koreya terma jamoasiga nomzod hisoblangan ushbu futbolchi Portugaliyaning yetakchi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. "Ajdarlar" jamoasi rahbariyati uning transfer qiymatini 30 million yevro etib belgilab qo‘ygan.

24 yoshli ushbu hujumchi mavsumning birinchi davrasida 16ta o‘yinda 9ta gol urib, 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.