Jahon | 10:39 / 15.01.2016
5762
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeb Bush Hillari Klintonni AQSh milliy xavfsizligi uchun fojia deb atadi

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Jyeb Bush Nort-Charlston shahridagi respublikachilar teledebatlari jarayonida AQShning sobiq davlat kotibi va demokratlardan AQSh prezidentiligiga nomzod Hillari Klinton mamlakat uchun fojiaga aylanishini aytib o‘tdi. Teledebatlar Fox Business telekanali orqali translyatsiya qilindi.

“Klinton milliy xafsizlik uchun fojia hisoblanadi”, - dedi u.Uning so‘zlariga ko‘ra, Klinton Liviyaning Bengazi shahridagi Amerika elchixonasiga uyushtirilgan terroristlar hujumi va Rossiya bilan munosabatlardagi “qayta yuklanish” uchun javobgar hisoblanadi. Bush uning AQSh uchun dahshatga aylanishiga ishonch bildirdi.

“Klinton oliy bosh rahbar bo‘lish uchun yaroqli emas”, - deya qo‘shimcha qildi. Florida shtatining sobiq gubernatori boshqa respublikachi-nomzod Marko Rubioni qo‘llab-quvvatladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish