Sport | 22:31 / 15.01.2016
5763
1 daqiqa o‘qiladi

Levandovskining agenti: Iguain "Bavariya"da? Kimning chiroyli kelinchagi bo‘lsa, boshqasiga ko‘z olaytirmasligi kerak

"Bavariya" jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovskining agenti Mark Bartel jamoa rahbariyati vakili Karl-Xaynts Rummeniggening "Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguainni myunxenliklar safiga olib kelish rejasiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Kimda chiroyli kelinchak bo‘lsa, u boshqa kelinchaklarga qaramasligi kerak", degan Bartel.

Bundan oldinroq "Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge "Napoli"ning argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain haqida iliq fikrlar bildirib, neapolliklarni uni sotishga ko‘ndirmoqchiligi haqida aytib o‘tgandi.

Uning kelishi evaziga "Bavariya"ning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan Levandovski joriy mavsumda Bundesliganing 16ta turida ishtirok etib, 15ta gol urishga erishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish