Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston RF ga sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshiradi
O‘zbekiston va Rossiya RFga eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish masalalarini muhokama qildilar, deya xabar bermoqda UzDaily.uz.
RF Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Gromyko va RF Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sergey Levin O‘zbekiston Respublikasi davlat korporatsiyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, muzokaralarning asosiy mavzusi O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish masalasining muhokamasi bo‘ldi.
O‘zbek tomoni O‘zbekiston o‘z mahsulotini Rossiyaga yetkazib berish, hamda Rossiya bozorining sabzavot va poliz mahsulotlari hamda konservaga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga tayyor ekanligini qayd etdi.
Shuningdek O‘zbekiston Rossiyaga vino va vino materiallarini yetkazib berish hajmini oshirishga ham tayyor. O‘zbek tomoni Rossiya guruchi va yog‘-moy mahsulotini import qilishga bo‘lgan qiziqishini bildirdi.
O‘zbekiston va Rossiya vakillari qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Guruh masalaga oid vazirliklar o‘rtasida hamkorlikning samarali mexanizmiga aylanishi va ikki mamlakat agro-sanoat kompleksida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish omili bo‘lib xizmat qilishi darkor.