Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Rostov"ning eronlik futbolchisi BAAga kiritilmadi
Rossiyaning "Rostov" jamoasining eronlik hujumchisi Serdar Azmun o‘z jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi mashg‘ulot yig‘inida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. BAA bu futbolchiga siyosiy sabab tufayli o‘z hududiga kirishi uchun viza bermadi. Bu haqda "Rostov"ning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
"Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarining uzilishi ortidan BAA ham eronliklar bilan aloqalari darajasini kamaytirgani tufayli "Rostov" jamoasining eronlik hujumchisi Serdar Azmun bu mamlakatga kirish vizasini ola olmadi va u jamoaning birinchi mashg‘ulot yig‘inida ishtirok eta olmadi. Jamoa bu muammoni hal qilish uchun barcha chorani ko‘radi", deyiladi xabarda.
Endi Azmun Rossiya chempionatining ikkinchi davrasiga murabbiylar shtabi ko‘rsatmasi bo‘yicha mustaqil ravishda tayyorlanadi. "Rostov"ning BAAdagi yig‘ini 10 yanvar kuni boshlangandi.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli hujumchi Serdar Azmun joriy chempionatining 13 o‘yinida ishtirok etdi va 3ta gol urdi.