Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:51 / 15.01.2016
6425
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda avtomobil olib qochganlikda gumonlanayotgan 23 yoshli yigit qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga mahalliy fuqarodan VAZ-2102 rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan.
Arizachi avtomobilini Uchtepa tumanida uyi oldida qarovsiz qoldirilganini ma'lum qilgan. Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs 23 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.