Sport | 22:43 / 16.01.2016
5746
4 daqiqa o‘qiladi

APLning 22-turi: «Chelsi» mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi, «Manchester Siti» va «Tottenhem» yirik hisobdagi g‘alabalar qayd etdi

Bugun, 16 yanvar kuni Angliya premer-ligasining 22-turi doirasidagi uchrashuvlar boshlandi.

Dastlab «Tottenhem» va «Sanderlend» uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mezbonlar 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi va ochkolari sonini 39taga yetkazib, to‘rtinchi o‘ringa mustahkam joylashdi.

Londonda «Chelsi» «Everton»ni qabul qildi va durangga erishdi. O‘yinga qo‘shib berilgan 10 daqiqalik so‘nggida Jon Terri o‘yin davomida avtogol urib qilgan xatosini yuvdi. Hakam uning ofsayddan urgan golini hisobga oldi.

«Manchester Siti» esa o‘zi uchun noqulay raqib sanaladigan «Kristal Pelas»ni bu safar osonlik bilan mag‘lub etdi - 4:0.

Tottenhem – Sanderlend 4:1 (1:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 40 van Anxolt, 1:1 – 42 Eriksen, 2:1 – 59 Dembele, 3:1 – 67 Eriksen, 4:1 – 79, penalti Keyn.
Tottenxem – Loris, Vertongen, Alderveyreld, Rouz, Dayyer, Alli, Dembele (Kerroll, 80), Eriksen, Lamela (Onoma, 73), Tripper, Keyn (Son Xin Min, 88).
Sanderlend – Pikford, Braun, van Anxolt, Djons, O′Shi, Jonson, Kettermoul (Roduell, 53), Mvila, Lens (Uotmor, 76), Grem (Kirxgoff, 59), Defo.
Ogohlantirishlar: Kettermoul (46), Jonson (55).

Chelsi – Everton 3:3 (0:0, 3:3)

Gollar: 0:1 – 50, avtogol Terri, 0:2 – 56 Miralyas, 1:2 – 64 Diyego Kosta, 2:2 – 66 Fabregas, 2:3 – 90 Funes Mori, 3:3 – 90 Terri.
Chelsi – Kurtua, Zuma, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Matich (Oskar, 55), Obi Mikel, Fabregas, Villian, Pedro (Kenedi, 66), Diyego Kosta (Remi, 80).
Everton – Xovard, Stounz, Beyns, Ovedo (Funes Mori, 71), Djagelka, Barkli (Piyenar, 81), Beshich, Lennon (Deulofeu, 80), Berri, Miralyas, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Funes Mori (90), Terri (90).

Manchester Siti – Kristal Pelas 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 22 Delf, 2:0 – 41 Aguero, 3:0 – 68 Aguero, 4:0 – 84 Silva.
Manchester Siti – Xart, Otamendi, Kolarov (Klishi, 52), Sabaleta, Demichelis, de Bryuyne, Fernando, Delf, Silva, Ixeanacho (Ture, 57), Aguero (Navas, 85).
Kristal Pelas – Xennessi, Denn, Suare, Uord, Dileyni, Makartur (Match, 80), Kabay, Panchon, Ledli, Zaa (Li Chun Yun, 85), Uikxem (Shamax, 66).
Ogohlantirishlar: Shamax (71), Kabay (90).

Bornmut – Norvich

Bornmut – Norvich 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Gosling, 2:0 – 54, penalti Deniels, 3:0 – 75 Afobe.
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Gosling (Kermorgan, 90), Serman, Arter (O`Keyn, 80), Pyu, Stanislas, Afobe (Myurrey, 84).
Norvich – Radd, Bassong, Bennett, Martin, Breydi, Xauson, Tetti, Xulaxan (Dorrans, 69), Odjidja-Ofoe (Redmond, 56), Djarvis (Djyerom, 56), Mbokani.
Ogohlantirishlar: Radd (43), Arter (48).

Sautgempton – Vest Bromvich

Sautgempton – Vest Bromvich 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Uord-Prouz, 2:0 – 35, penalti Uord-Prouz, 3:0 – 72 Tadich.
Sautgempton – Forster, van Deyk, Fonte, Targett, Bertran, Vanyama, Uord-Prouz, Mane (Tadich, 63), Devis (Romeu, 73), Soaresh (Martina, 84), Long.
Vest Bromvich – Mayxill, Makoli, Evans, Douson, Olsson (Rondon, 46), Yakob, Fletcher (Brant, 46), Sessenon (Beraxino, 63), Gardner, Makkleyn, Anichebe.

Nyukasl – Vest Hem

Nyukasl – Vest Hem 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 6 Peres, 2:0 – 15 Veynaldum, 2:1 – 49 Yelavich.
Nyukasl – Elliot, Mbemba, Dammett (Seve, 57), Yanmat, Kolochchini, Sissoko, Shelvi, Kolbek, Veynaldum, Peres (Guffran, 80), Mitrovich (Lassels, 90).
Vest Xem – Adrian, Kollinz, Kressuell, Tomkins (Jyenkinson, 75), Ogbonna, Obiang (Yelavich, 46), Kuyate, Payye, Nobl, Antonio (Mozes, 70), Valensiya.
Ogohlantirishlar: Elliot (90).

Tur doirasida yana to‘rtta uchrashuv o‘tkaziladi: "Aston Villa" – "Lester", "Liverpul" – "Manchester Yunayted", "Stok Siti" – "Arsenal" va "Suonsi" – "Uotford".