Arsen Venger: Ijtimoiy tarmoqlar tufayli muxlislar odobsiz bo‘lib borishmoqda
«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger muxlislar jamoa bilan munosabatda o‘zlarini nomunosib tutishayotganidan xavotirdaligini bildirib o‘tdi. Uning bu fikrlari «Arsenal»ning «Stok Siti»ga qarshi 22-tur uchrashuvi oldidan aytilgan.
«O‘ylaymanki, yaqin yillarda futbol muxlislar muammosidek jiddiy muammo bilan to‘ynashadi. Vaziyat dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yomonlashmoqda. Ehtimolki, buning sababi ijtimoiy tarmoqlardir. U yerda muxlislar o‘z fikrlariga erk berishmoqda.
Avvallari odamlar o‘z fikrlari ustidan hukmron bo‘la olishardi. Bugun esa barchaning fikri bir joydan chiqadigandek, ko‘pchilik bir odamning aytganiga qo‘shilib ketadi. Bir odamning fikri katta guruhning fikrini ifodalab qolmoqda», deydi Venger.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Arsenal»ning «Stok Siti»ga qarshi uchrashuvida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishidan keyin bir guruh muxlislar jamoa futbolchilari minadigan poyezd oldida yig‘ilishib, Venger va futbolchilarning sha'niga haqoratli so‘zlar aytishgandi.