Sport | 20:30 / 16.01.2016
2879
1 daqiqa o‘qiladi

Bi Techaubol «Milan» aksiyalarining 48 foizini sotib olishga yetarli mablag‘ to‘pladi

Tailandlik biznesmen Bi Techaubol Milan» aksiyalarining 48 foizini sotib olishga yetarli mablag‘ to‘pladi.

Bugun, 16 yanvar kuni Xitoyning Shenchjyen shahrida Techaubol va uning hamkorlari «Milan» xo‘jayini Silvio Berluskoni va Fininvest kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

MilanNews nashri xabariga ko‘ra, Techaubol 200 mln yevroni Xitoy hukumatiga tegishli CITIC Bank`dan olgan. Milliarderning o‘zi 80 mln yevro keltirgan.

2015 yilning avgustida u «Milan» xo‘jayini Silvio Berluskonidan 480 mln yevro to‘lab, jamoa aksiyalarining 48 foizini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Bi Techaubol «Milan» aksiyalarining 48 foizini sotib olishga yetarli mablag‘ topa olmadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish