Texnologiya | 22:59 / 16.01.2016
7174
1 daqiqa o‘qiladi

BMW X4 uslubidagi yangi “Mazda”ning fotosuratlari namoyish qilindi

Popsuv sayti ixtiyorida CX-4 deb nom olishi kutilayotgan, Mazda’ning yangi modeli fotosuratlari paydo bo‘ldi. Yangi krossover BMW X4 va Mercedes-Benz GLC Coupe modellari uslubidagi tomining orqa qismi qiyalab ketgan ko‘rinishga ega.

Yangi avtomobil 2015 yil sentabrda Frankfurt motorshousida namoyish qilingan Mazda Koeru kontsept-qari bo‘yicha qurilgan. Besh o‘rindiqli avtomobilning uzunligi 4,6 metrni, g‘ildiraklar orasidagi masofa 2,7 metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari, avtomobil yangi elektron xavfsizlik tizimi, jumladan yo‘lovchilarni taniy olish imkoniyati bilan jihozlangan.

CX-4 krossoveri SX-5’dagi SkyActiv benzin va CX-3’larga o‘rnatiladigan 1,5 litrli dizel dvigatel bilan taklif qilinadi. Uzatmalar qutisi 6 pog‘onali “avtomat” va “mexanik” ko‘rinishda bo‘ladi.

Yangi avtomobil ommaviy ravishda qachon namoyish qilinishi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.