Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burkino-Fasoda AQSh va Fransiya harbiylari yordamida o‘tkazilgan amaliyot orqali 33 kishi jangarilar qo‘lidan ozod qilindi
16 yanvar kechasi G‘arbiy Afrikadagi Burkion-Faso davlati poytaxti Uagadugu shahrida "Al-Qoida" jangarilari terakt uyushtirib, shahardagi yirik mehmonxonalardan biri Splendid mehmonxonasida odamlarni garovga olgach, hukumat harbiylari AQSh va Fransiya yordami evaziga qutqaruv amaliyotini boshladi.
Burkino-Faso IIV rahbari Alfa Barrining ma'lum qilishicha, 33 kishi mehmonxona ichidan sog‘ holda chiqarib olingan.
Guvohlar harbiylar 2 guruhga bo‘lingan holda mehmonxona hududiga kirishganini va binoning bir qismida yong‘in boshlanganini aytishgan.
Bundan oldinroq, mehmonxonada garovga olinganlar orasida mamlakatning Mehnat ishlari vaziri Kleman Savadogo ham bo‘lishi mumkinligi aytilayotgandi.
SITE monitoring guruhi ma'lumotiga ko‘ra, bu hujum o‘tgan yilning noyabrida Mali poytaxti Bamako shahrida odamlarni garovga olgan "Al-Murabitun" garuhi tomonidan amalga oshirildi.
Qurollangan shaxslar Burkino-Faso poytaxtiga hujum qilib, odamlarni garovga oldi
Manba: Burkino-Faso poytaxtidagi mehmonxonaga hujum natijasida 20 kishi halok bo‘ldi