Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat kishilari 2016 yilning birinchi 2 haftasida 305 milliard dollar yo‘qotdi
Sayyoramizning eng badavlat 400 nafar kishisi 2016 yilning dastlabki ikki haftasida fond bozorlaridagi qulashlar va neft narxining pastlab borayotgani manzarasida jami bo‘lib 305 milliard dollar yo‘qotdi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
Bloomberg Billionaires indeksiga muvofiq, millarderlar o‘tgan haftada 115 mlrd dollardan mahrum bo‘lishdi. 76 nafar milliarder esa 1 mlrd va undan ziyodroq mablag‘ini boy berishgan.
Bloomberg ro‘yxatidagi milliarderlarning jami moliyaviy holati 3,6 trln dollarni tashkil etgan. 2016 yilning birinchi haftasida esa bu ko‘rsatkich 3,7 trln dollar edi.
