Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh va Eron fuqaroligiga ega 4 nafar mahbusni ozod etdi
Eronda ikki davlat fuqaroligiga ega 4 nafar mahbus ozod etildi, deb xabar bermoqda IRNA agentligi.
Prokuror Abbos Ja'fariyning agentlikka ma'lum qilishicha, barcha mahbuslar AQSh va Eron fuqaroligiga ega bo‘lgan. Ja'fariyning aytishicha, mahbuslar AQShda jazo o‘tayotgan 7 nafar eronlik mahbusga almashtiriladi.
Bundan tashqari, kelishuv shartlariga ko‘ra, AQSh hukumati AQShdan Eronga qurol-aslaha yetkazib berishda gumon qilinayotgan 14 nafar eronlik ekstraditsiyasini davom ettira olmaydi.
AQSh hibsda ushlab turilgan o‘z fuqarolarining ozod etilishi talabi bilan Eronga 2014 yil dekabrida murojaat qilgan.
16 yanvarda Eron tomonidan yadroviy kelishuv shartlarining bajarilishi bo‘yicha MAGATE hisoboti chop etilishi rejalashtirilgan. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifning fikricha, Erondan sanksiyalar 16 yanvardan bekor qilinadi.
Sanktsiyalar bekor qilingandan keyin Eron xorijdagi hisob raqamlaridagi, AQSh moliya vazirligining baholashicha, 50 mlrd dollarlik muzlatilgan mablag‘lariga ruxsat oladi. Eron, shuningdek, neft eksportini kuniga 500 ming barrelga ko‘paytirishi mumkin, bu esa neft bozorida taklifning yanada ko‘payishiga olib keladi.