Jahon | 12:16 / 16.01.2016
3439
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada o‘g‘irlab ketilganlarning 20 nafardan ziyodi asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi

Bir hafta muqaddam qurollangan jinoyatchilar tomonidan Meksikaning Gerrero shtatida o‘g‘irlab ketilgan 20 nafardan ziyo asirlar 15 yanvar kuni topildi, deya xabar bermoqda “Reyter” agentligi.

9 yanvar kuni 19 kishi Arseliya shahrida bo‘layotgan to‘yga ketayotgan yo‘lda o‘g‘irlab ketilgan edi. Ulardan ikki nafari hodisa joyida o‘ldirilgan. Oradan ikki kun o‘tib xuddi shu qurollangan jinoyatchilar to‘dasi Arseliya yaqinidagi Axuchitlan shahridagi maktabning besh o‘qituvchisi, jumladan, direktorini ham garovga oldi.

Mamlakat bosh prokurori Xaver Oleaning ta'kidlashicha, Arseliyada o‘g‘irlanganlarning 17 nafari shaharlararo trassada aniqlangan. Bir necha kun davomida tinimsiz piyoda yo‘l bosganlari sababli ularning oyoqlari juda ham yomon holga kelib qolgan.

Besh o‘qituvchining 4 nafari o‘sha kuniyoq qaytgan, maktab direktori esa astma xuruji sababli o‘g‘irlab ketilgan kuni vafot etgan.Prokuratura ular qanday yo‘l bilan ozod bo‘lgani to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumotlarni taqdim etmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish