Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda yuk mashinasi tirkamasining mikroavtobuslar ustiga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Misr poytaxti Qohira shahrida yuk mashinasi tirkamasining estakada (yo‘l tepasiga qurilgan ko‘prik)dan yo‘lovchi mikroavtobuslari turargohi ustiga qulashi oqibatida 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA “Novosti” Misrning “Masravi” yangiliklar portaliga tayanib xabar qildi.
Yo‘l politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, fojia shanba, 16 yanvar kuni erta tongda Qohiraning Al-G‘izo tumanida hududida ro‘y bergan. Hodisaga yengil avtomobilning qurilish materiallarini ortib ketayotgan yuk mashinasini quvib o‘tgani sabab bo‘lgan.
Yuk mashinasi haydovchisi to‘qnashuvdan qochish uchun harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan. Natijada boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Zarba natijasida ajralib ketgan tirkama estakadadan mikroavtobuslar turargohidagi ikki mikroavtobus ustiga qulab tushgan. Oqibatda yetti kishi qurbon bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Ularning barchasi mahalliy fuqarolardir.