Sport | 18:35 / 16.01.2016
4816
1 daqiqa o‘qiladi

Nuri Shahin: Menga har yili 500 mln yevro bering, sizga "Bavariya"ni to‘xtata oladigan jamoa tuzib beraman

Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Nuri Shahin "Bavariya"ning "yengilmas" ko‘rinishga kelgani tufayli bundesliga zerikarli kechishi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta bundesliga ko‘pchilikning ko‘ziga o‘ta zerikarli kechayotgandek ko‘rinishi mumkin. Masalan, Joze Mourinoning. Menimcha esa Germaniya chempionati ham yomon emas.

Albatta Angliyada raqobat kuchli va o‘yinlar shiddatliroq. Agar siz bundesliga uchun har yili yarim milliard dollar ajratsangiz, bu yerga ham yulduz futbolchilar yog‘ilishiga guvoh bo‘lasiz.

"Bavariya"ning yakkahokimligini qanday to‘xtatish mumkin deysizmi? Menga har yili 500 million bersangiz. Men bu pulga myunxenliklarga qarshi tura oladigan kuchli jamoa tuzib beraman", deydi Shahin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish