Sport | 23:48 / 16.01.2016
10830
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U23 Rio-2016 olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurashni to‘xtatdi

U23 Osiyo chempionati 2-turi doirasida O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 1-daqiqasida Dostonbek Hamdamov hisobni ochishga erishdi - 1:0.

Birinchi bo‘lim oxirida iroqliklar ikkita gol urib hisobda oldinga o‘tib olishdi. 78-daqiqada chap qanotdan Masharipov oshirib bergan to‘pni bundan 2 daqiqa oldin maydonga tushirilgan Timur Hakimov boshi bilan darvozaga yo‘lladi - 2:2.

Biroq 82-daqiqada Humam Tariq himoyadagi xatodan so‘ng gol urdi, bu vaziyatda qanot hakami bayrog‘ini ko‘tardi, bosh hakam esa o‘yinni davom ettirdi, futbolchilar esa hushtak chalinmagan bo‘lsada harakatdan to‘xtab qolishdi va hisob 2:3 ko‘rinishiga keldi.

Qolgan vaqtda vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zbekistonliklarning kuchi yetmadi.

Shunday qilib ikkita o‘yinda ikkita mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio de Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish imkoniyatida juda erta mahrum bo‘ldi.

O‘zbekiston - Iroq 2:3

Gollar: Dostonbek Hamdamov 1, - 1:0. Amjad Atvan 38, - 1:1. Mahdi Komil 42, - 1:2. Timur Hakimov, 78 - 2:2. Humam Tariq 82, - 2:3.

O‘zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov (16.Ikrom Aliboyev, 74), 14.Javlon Mirabdullayev, 2.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek Shukurov, 10.Jamshid Iskanderov (9.Jaloliddin Masharipov, 46), 17.Doston Hamdamov (22.Timur Hakimov, 76), 23.Eldor Shomurodov, 11.Igor Sergeyev.

Iroq: 1.Fahad Tolib, 3.Hamza Adnan, 4.Mustafo Nadim, 5.Ali Fayoz, 8.Muhanad Abdulrahim (18.Ayman Husayin, 63), 9.Mahdi Kamil (2.Saad Notiq, 87), 10.Ali Xisni (14.Mazin Fayayad, 76), 11.Humam Tariq, 15.Safa Jabbor, 19.Amjyed Atvan, 21.Ali Qosim.

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 28, Humam Tariq 82, Javohir Sohibov 83.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish