Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" 15 mln yevro evaziga "Boka Xuniors"dan 18 yoshli futbolchi sotib oladi
"Boka Xuniors" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
As nashrining xabar qilishicha, madridliklar 18 yoshli futbolchi uchun 15 million yevro taklif qilishgan. Bentankur uchun "Yuventus" ham kurash olib bormoqda.
Qayd etilishicha, bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, "Real" Bentankurni sotib olgach, "Boka Xuniors"ning o‘ziga 2017 yilning yozigacha ijaraga qaytarib beradi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqqa ko‘ra, "Real" 2016 yilning yozida va 2017 yilning qishidagi transferlar vaqtida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqidan mahrum qilingan.