Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Tayvan bosh vaziri muxolifatning g‘alabasidan keyin iste'foga chiqishga ariza berdi
Tayvan bosh vaziri Mao Chjigo Tayvan ma'muriyati rahbari saylovlarida hukmron partiya yengilgandan keyin iste'foga chiqishga ariza berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, Tayvan ma'muriyati rahbari saylovlarida muxolif Demokratik taraqqiyot partiyasidan ayol nomzod Tsay Inven g‘alaba qozonmoqda.
Tsay Inven ayni paytga kelib saylovchilarning 60 foizga yaqin ovozini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Inven Tayvanning birinchi ayol prezidenti bo‘ladi.
Tayvanning amaldagi rahbari Ma Intszyu 2012 yilda prezident etib saylangandi. O‘shanda Tsay Inven Intszyuga yengilgandi.