Jahon | 16:29 / 16.01.2016
4261
1 daqiqa o‘qiladi
Tokio ko‘rfazida neft mahsuloti ortilgan tanker cho‘kib ketdi
Tokio ko‘rfazida suv sig‘imi 92 tonna bo‘lgan tanker cho‘kib ketishi oqibatida yonilg‘i-moylash mahsuloti sizib chiqishni boshladi, deya xabar qildi NHK.
Telekompaniya ma'lumotiga ko‘ra, 16 yanvar kuni tunda tanker shag‘al tashiydigan transport kemasi bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv natijasida tankerning yarmidan ko‘proq qismi cho‘kib ketgan bo‘lib, hozirda faqatgina burun qismi suvdan chiqib turibdi.
Qayd etilishicha, kemaning uzunligi 32 metrni tashkil etadi. Uning bortida bo‘lgan uch nafar ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan bo‘lib, jabrlanganlar yo‘q.Hodisa joyida dengiz xavfsizlik xizmati kemalari ish olib bormoqda. Qancha miqdordagi moy sizib chiqqani hozircha aniqlangani yo‘q.