Sport | 16:34 / 16.01.2016
3809
2 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal semizlikda ayblagan jurnalist mavsum oxirigacha "MYu" oladigan ochkodan ko‘proq vazn tashlamoqchi

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal "Nyukasl"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Runining ortiqcha vazni haqida savol bergan jurnalist Nil Kastisning o‘zini semizlikda ayblagan edi.

Sunsport nashri vakili bo‘lgan bu jurnalist unga qarshi javob qaytardi.

"Lui, men birinchi navbatda ortiqcha vazn borasidagi muammoimni ko‘rsatib berganingiz uchun sizdan minnatdorman. Men buni siz aytmaguningizcha sezmagan ekanman.

Ammo endi men o‘z oldimga maqsad qo‘ydim - men ozishga harakat qilaman. Ammo sizning jamoangiz mavsum oxirigacha men tashlagan vaznga teng ochkoni yig‘a oladimi? Men 28 funt (12,7 kg) vazn tashlamoqchiman. Siz esa may oyi oxiriga qadar shuncha ochko yig‘a olishingiz kerak" - deydi Katis o‘z videomurojaatida.

The Sun xabarida aytilishicha, bu bahsda g‘olib bo‘lgan tomon bukmekerlik idorasidan 1 ming funt miqdoridagi mablag‘ni oladi.

Eslatib o‘tamiz, hafta o‘rtasida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazilgan 21 tur uchrashuvidan (3:3) keyin van Gaalga ushbu jurnalist Runining vaznini tushirish bo‘yicha maslahati bilan murojaat qilgandi.

"Men uni hech qachon ortiqcha vazni uchun tanqid qilmaganman. Siz o‘zingiz bunchalik semiz bo‘lganingiz holda bunday deyishga haqli emassiz", degandi o‘shanda van Gaal jurnalistni barmog‘i bilan ko‘rsatgan holda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish