Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi 2015 yilda smartfonlarni sotish rejasini amalga oshira olmadi
Xitoylik ishlab chiqaruvchi Xiaomi 2015 yilda 70 million smartfon sotdi va shunda ham qurilmalarni sotish bo‘yicha shaxiy prognozini amalga oshira olmadi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
2014 yil oxirida Xiaomi bosh direktori 2015 yilda savdolarni besh marotaba oshirish va 100 million dona smartfon darajasiga yetkazish maqsadini belgilagan edi. Biroq Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarining pasayishi tufayli bu prognoz 80 million dona smartfongacha tushirilgan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan byudjyet markalarining kuchaygan raqobati Xiaomi savdolariga katta ta'sir ko‘rsatdi.
“O‘zimizga 80 million donani belgilab olgan edik, kutilmaganda bu maqsad majburiyatimizga aylandi. Bu bosim ostida o‘zgarib qoldik, xodimlarimiz vaqt o‘tishi bilan umuman tabassum qilmay qo‘yishdi. Shuning uchun 2016 yildagi maqsadimiz baxtiyor bo‘lishga intilishdir”, - deya qayd etgan kompaniya asoschisi Ley Tszyun.
Bundan avvalroq, Xiaomi kompaniyasi Afrika mamlakatlarida smartfonlari savdosi boshlashi haqida xabar berilgan edi.