Sport | 19:13 / 16.01.2016
3248
2 daqiqa o‘qiladi

Yurgen Klopp: «Manchester Yunayted» 2 yil oldin meni taklif etgandi, lekin «Borussiya»da qolishni ma'qul ko‘rgandim

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2013 yilgi mavsum yakunida ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted»dan ketgach, uning o‘rniga o‘zini taklif qilishgani haqida esladi.

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati men bilan aloqaga chiqqandi. Biz uzoq vaqt davomida gaplashmagandik. Lekin bu men uchun faxrlansa arziydigan taklif bo‘lgandi.

«Manchester Yunayted» meni taklif qilgan vaqtda Dortmundni tark eta olmasdim. 2013 yilning aprelida men bor e'tiborim bilan keyingi mavsum uchun rejalar tuzayotgandim. Yangi transferlar bo‘yicha jarayonlar boshlab qo‘ygandim va barcha ishni qoldirib keta olmasdim.

Albatta, o‘shanda rasmiy taklif ham bo‘lmagan, lekin men baribir bunday taklifni qabul qila olmasdim.

Balki, bu aqlsizlik bo‘lgan bo‘lardi, lekin men boshqacha yo‘l tutmas edim. Men hamisha «Borussiya» va «Maynts»ga sodiqman», deydi Klop «Manchester Yunayted»ga qarshi 22 tur o‘yini arafasida.

Yurgen Klopp: "Manchester Yunayted"ni maydonda shunchaki yugurib yurish orqali mag‘lub etib bo‘lmaydi

Yurgen Klopp: Ser Aleks futboldagi Jon Lennon