Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurgen Klopp: "Manchester Yunayted"ni maydonda shunchaki yugurib yurish orqali mag‘lub etib bo‘lmaydi
"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ga qarshi 17 yanvar kuni o‘tkaziladigan APLning 22-tur uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Derbi - bu futboldagi eng yaxshi narsa. Xuddi sho‘rva tuzsiz bo‘lmaganidek, futbol ham derbilarsiz bo‘lmaydi. Men bunday o‘yinlarga juda o‘chman.
Yakshanba kungi bahs katta ahamiyatga ega, chunki turnir jadvalida MYu bilan juda yaqinmiz, ikkala jamoaga ham g‘alaba kerak.
Van Gaal - jahonning eng muvaffaqiyatli murabbiylaridan biri. Uning o‘z futbol falsafasi bor. Buni hurmat qilish kerak. Biz bu jamoani mag‘lub etish variantlarini ko‘rib chiqdik.
Agar qaysidir vazifani to‘g‘ri bajara olmasak, ko‘proq yugurishimizga to‘g‘ri keladi. Xatoni oyoq bilan to‘g‘rilash majburiyatiga duch kelamiz. Lekin "Manchester Yunayted"ni 145 km masofada uyoqdan-buyoqqa yugurish bilangina yengib bo‘lmaydi. To‘g‘ri qarorlar va aniq reja lozim.
Avvalo yaxshi himoyalanishimiz zarur. Axir raqib safida yuqori saviyali futbolchilar jamlanishgan.
Bunday o‘yinga katta ishtiyoq bilan tushish kerak. Balans haqida o‘ylash fursati emas, bor kuchni maydonga tashlash kerak" - deydi Klopp.
Yurgen Klopp: Ser Aleks futboldagi Jon Lennon