Jahon | 15:00 / 16.01.2016
3108
2 daqiqa o‘qiladi

Zarif: sanksiyalar Erondan 16 yanvar kuni olib tashlanadi

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Erondan sanksiyalar Erondan shanba, 16 yanvar kuni olib tashlanishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bundan avvalroq esa Zarif Venada AQSh davlat kotibi Jon Kerri va YeIning xalqaro ishlar bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini bilan Eron yadro shartnomasi yuzasidan uchrashgani ma'lum qilingan edi.

MAGATEning Eronning yadro shartnomasini to‘liq hajmda bajargani bo‘yicha hisoboti 16 yanvarda e'lon qilinishi mumkin.Hisobotdan so‘ng Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif va tashqi siyosat bo‘yicha Yevrokomissari Federika Mogerini sanksiyalar olib tashlangani haqida yakuni bayonot bilan chiqishadi.

Sanktsiyalar bekor qilinganidan so‘ng Eron xorijdagi muzlatib qo‘yilgan hisob raqamlaridan qaytadan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Amerika moliya vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, Eronning qariyb 50 milliard dollar mablag‘i muzlatilgan. Shuningdek, Eron neft eksporti hajmini kuniga 500 ming barrelga qadar oshiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish