Sport | 20:59 / 16.01.2016
6222
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan: O‘g‘lillarim "Real"ning jazolanishiga sabab bo‘lgani haqidagi gaplar quruq safsata

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan FIFA tomonidan jamoaga nisbatan qo‘llangan jazo haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mening o‘g‘illarim "Real"ga qonuniy ravishda jalb qilingan. Bu borada qoida buzilishiga yo‘l qo‘yilgani uchun "Real" FIFA tomonidan jazolangani haqidagi xabarlar yolg‘on. Mening o‘g‘illarim ko‘p yillardan buyon Madridda yashab kelishmoqda.

Men FIFA tomonidan qo‘llangan taqiqqa xotirjam ravishda munosabatdaman. Bu shunchaki xatolik tufayli. Keyingi haftada bu borada ko‘proq ma'lumot bilib olishingiz mumkin", deydi Zidan.

14 yanvar kuni ma'lum qilinganidek, "Real" FIFA tomonidan jazolandi va ikki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydigan bo‘ldi.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra FIFA tartib-intizom qo‘mitasi ushbu qarorni qabul qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Madrid jamoalari 18 yoshga to‘lmagan futbolchilarni xarid qilgani aniqlangan.

Bundan oldinroq, "Qirollik klubi" noqonuniy shartnoma tuzgan futbolchilar orasida Zinedin Zidanning o‘g‘li Lyuk ham borligi taxmin qilingandi.

Ma'lumot uchun, 17 yoshli darvozabon 2014 yildan buyon "Real" o‘smirlari safida to‘p suradi.