Jahon | 09:36 / 17.01.2016
3194
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eron bilan bog‘liq shaxslar va kompaniyalarning 400ga yaqinini sanktsion ro‘yxatdan chiqardi

Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligi Eron bilan bog‘liq kompaniyalar va shaxslarning 400ga yaqinini sanktsion ro‘yxatdan chiqardi, deya xabar bermoqda The Times Of Israel. 

Bundan tashqari, yadro dasturi bo‘yicha kelishuv implementatsiyasidan so‘ng Erondan xorijiy kompaniyalar uchun sanoat sohasida joriy etilgan sanksiyalar ham olib tashlanadi.

Xorijiy firmalar endilikda Eron tuzilmalari, jumladan, avtomobilsozlik, ko‘mir va metallurgiya sanoati sohasida savdo yuritishlari mumkin. shuningdek, xorijliklar Eron markaziy bankida ishlashlari ham mumkin.

Bundan avvalroq esa Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligi Amerika kompaniyalarining xorijdagi filiallariga Eronda faoliyat yuritishlariga ruxsat bergani xabar qilingan edi

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni MAGATE rahbari Yukiya Amano Eronning atom bo‘yicha kelishuvni implementatsiya qilish (amalga oshirish) uchun barcha talablarni bajarganini tasdiqladi.

Sanktsiyalar bekor qilinganidan so‘ng Eron xorijdagi muzlatib qo‘yilgan hisob raqamlaridan qaytadan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Amerika moliya vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, Eronning qariyb 50 milliard dollar mablag‘i muzlatilgan. Shuningdek, Eron neft eksporti hajmini kuniga 500 ming barrelga qadar oshiradi.