Jahon | 08:49 / 17.01.2016
4105
1 daqiqa o‘qiladi

Bavariya bosh vaziri Merkelni qochqinlar bo‘yicha yuritayotgan siyosati sababli sudga bermoqchi

Bavariya bosh vaziri Xorst Zeyexofer qochqinlar bo‘yicha yuritayotgan siyosati sababli Germaniya kansleri Angela Merkelga nisbatan ultimatum qo‘yishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Spiegel.

Zeyerxofer Merkeldan chegaralardagi qator yuridik me'zonlarni tiklashini talab qilishini aytdi.

“Agarda choralar ko‘rilmasa, ular ustidan Federal konstitutsion sudga shikoyat qilishdan boshqa yo‘limiz qolmaydi”, - dedi u.

Bundan avvalroq esa Janubiy Bavariyadagi Landstxuta okrugi rahbari Piter Dreyyer nemis hukumatining migratsion siyosatiga qarshi noroziligini ifodalash maqsadida bir avtobus suriyalik qochqinlarni Angela Merkel idorasiga olib borgan edi.