Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«KAMAZ-Master» jamoasi 4 yil ichida ilk bor “Dakar” poygasida mag‘lub bo‘ldi
Rossiyalik poygachi Ayrat Mardeyev va uning “KAMAZ-Master” jamoasi ekipaji “Dakar” poygasida yuk mashinalari orasida 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Poyganing yakuniy bosqichida Mardeyev marraga birinchi bo‘lib keldi, biroq umumiy hisobda Iveco yuk mashinasida ishtirok etgan gollandiyalik Jyerar de Roya ekipajiga chempionlikni boy berdi.
Shu tariqa “KAMAZ-Master” 4 yil ichida birinchi marta “Dakar” poygasini yutqazdi. O‘tgan yili ushbu poygada Mardeyev, 2014 yilda Andrey Karginov, 2013 yilda esa Eduard Nikolayev ekipaji g‘olib bo‘lgandi. Rossiya jamoasining ekipajlari jami bu musobaqada 13 bor chempion bo‘lishgan.
Ma'lumot uchun, “Dakar” har yili o‘tkaziladigan transkontinental avtomarafon bo‘lib, unga fransuz Terri Sabin tomonidan asos solingan. 1978 yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Bu yilgi poyga Argentina va Boliviya hududlaridan o‘tdi.