Sport | 10:03 / 17.01.2016
3641
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» «Volfsburg» futbolchisi uchun 35 mln yevro taklif qilmoqchi

«Real» «Volfsburg»ning shveysariyalik qanot himoyachisi Rikardo Rodrigesga qiziqishda davom etmoqda.

As nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli utbolchining transfer narxi 35 million yevroga teng.

Eslatib o‘tamiz, FIFA madridliklar klubiga 2016 yilning yozida va 2017 yilning qishida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.

Shundan so‘ng, jamoa rahbariyati joriy qishki transferlar oynasi vaqtida kerakli xaridlarni amalga oshirish uchun 335 mln yevro ajratishni rejalashtirgan.