Jahon | 06:52 / 17.01.2016
3971
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Eron bilan “Ishonginu, biroq tekshirgin” qabilida ish tutish kerakligini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton Tehron tomonidan AQShning bir necha fuqarosining ozod etilgani va Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvning bajarilishiga izoh berib o‘tdi.

Klinton AQSh fuqarolarining ozod etilgani haqidagi xabarni eshitib, yengil tortganini aytgan. U, shuningdek, agar prezident bo‘lsa, Eronga nisbatan “Ishonginu, biroq tekshirgin” qabilida ish tutishini ta'kidlab o‘tdi.

Uning aytishicha, Eron hali ham BMT Xavfsizlik kengashining ballistik raketalar bo‘yicha rezolyutsiyasini buzmoqda va bu unga nisbatan yangi sanksiyalarga olib kelishi mumkin.