Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng uzun oraliqqa ega temir yo‘l ko‘prigi bunyod etildi
Xitoy janubi-g‘arbida dunyodagi eng uzun oraliqqa ega temir yo‘l ko‘prigi bunyod etildi. Bu haqda yakshanba, 17 yanvar kuni “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Rekordchi ko‘prik Nanpantszyan tog‘ daryosining ikki qirg‘og‘ini bog‘ladi. Uning uzunligi 416 metrni tashkil qilib, konstruksiyaning umumiy masofasi esa 852,4 metr.
Temir-beton ko‘prik daryo sathidan 270 metr balandlikdan o‘tgan. Uning qurilishi uchun 5 yil sarflandi. Mutaxassislarning qayd etishicha, yangi inshoot Yunnan provinsiyaning ma'murir markazi Kunmin hamda Guansi-Chjuan avtonom tumani markazi Nannin shaharlari o‘rtasidagi yo‘lovchi va yuk poyezdlari qatnovini tezlashtiradi.
Endi yo‘lovchilar 5 soat yo‘l bosib, avvalgidan ikki barobar qisqa vaqt ichida o‘z manziliga yetib olishlari mumkin. Murakkab sharoitda qurilgani sababli xitoylik mutaxassislar 40dan ziyod innovatsiyalarni takliflarni amalga oshirishdi.