Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ballistik raketa sinoviga aloqador Eron kompaniyalariga yangi sanksiyalar joriy etdi
AQSh ballistik raketalar sinoviga aloqador bo‘lgan Eron kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi.
Yangi sanksiyalar Eron raketa dasturi bilan bog‘liq 11 kompaniya va fuqaroga Amerika bank tizimidan foydalanishni taqiqlaydi. E'tiborlisi, mazkur qaror Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar bekor qilingan kunning ertasidan joriy etildi.
Eslatib o‘tamiz, Eron 2015 yilning kuzida BMT Xavfsizlik kengashining bir yo‘la ikki rezolyutsiyasini buzgan holda o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazgan edi.
Ma'lumot uchun, ballistik raketalar turkumiga turli maqsadli jangovar, eltuvchi (qit'alararo raketalar ham) kosmik apparatlarni tashuvchi kabilar kiradi.
Ular dvigateli to‘xtaganidan so‘ng ballistik, ya'ni boshqarilmaydigan trayektoriya bo‘ylab uchadi. Eron sinovdan o‘tkazayotgan ballistik raketalar o‘rta sinfga mansub bo‘lib, 1000-5500 kilometrgacha bo‘lgan nishonlarni yo‘q qilishga qodir.