Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:36 / 18.01.2016
2707
1 daqiqa o‘qiladi
Ar-Ramadidagi portlashda tinch aholining 13 vakili halok bo‘ldi
Iroqning Ar-Ramadi shahridagi portlashda tinch aholining kamida 13 vakili halok bo‘ldi, deb xabar berdi Al Jazeera telekanali.
Harbiy manbalarning ma'lum qilishicha, 7 ayol va 3 nafar bolani o‘z ichiga olgan tinch aholi guruhi shahar chetida bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, shaharda harbiylarning jangarilar bilan to‘qnashuvlari davom etmoqda. Oxirgi kunlardagi janglar davomida 17 jangari va 12 iroqlik harbiy halok bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish