Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Arsenal" "Stok Siti" bilan safarda durang o‘ynab, APL peshqadamligini saqlab qoldi
APLning 22 turi doirasidagi uchrashuvlardan biri "Stok Siti" va "Arsenal" o‘rtasida o‘tkazildi.
Uchrashuvda o‘zining asosiy yetakchilari Mesut Ozil va Aleksis Sanchessiz harakat qilgan Arsen Venger shogirdlari 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Endilikda "Arsenal" hisobidagi ochkolar soni 44taga yetgan va jamoa "Lester"ni to‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab turibdi.
"Kanonirlar" keyingi turni "Chelsi"ga qarshi derbida o‘tkazadi. "Stok Siti" esa "Lester" maydoniga safar qiladi.

Stok Siti – Arsenal 0:0 (0:0, 0:0)
«Britaniya Stedium»
Stok Siti – Batlend, Shoukross, Piters, Djonson, Vollshayd, Uelan, Afellay (van Ginkel, 88), Arnautovich (Adam, 87), Krkich (Diuf, 64), Xoselu, Uolters.
Arsenal – Chex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-Chemberlen (Chembers, 90), Flamini, Uolkott (Ivobi, 72), Remzi, Kempbell, Jiru.