Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asahi Shimbun gazetasi: AQSh Xitoydan Shimoliy Koreyaga neft yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi
AQSh Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan 4-yadroviy sinovga sanksiya sifatida Xitoydan Shimoliy Koreyaga neft mahsulotlari yetkazib berish va Shimoliy Koreyadan atratsit import qilishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda Yaponiyaning Asahi Shimbun gazetasi ma'lum qildi.
Nashrda ta'kidlanishicha, AQSh tomoni bu haqda AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya diplomatlarining 13 yanvarda Seuldagi uchrashuvida Shimoliy Koreyaga nisbatan qat'iy choralar variantlarini muhokama qilish vaqtida aytib o‘tdi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy bu talabga hech qanday javob bermagan.
Gazetada ko‘rsatilishicha, Xitoydan Shimoliy Koreyaga har yili 400-500 tonna neft mahsulotlari yetkazib beriladi, Shimoliy Koreya esa 2014 yilda Xitoyga 115,5 mln dollarlik 15,5 mln tonna atratsit yetkazib bergan. Bu qiymat Shimoliy Koreyaning umumiy eksportining taxminan 40 foizini tashkil qilgan.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgani Pekinga 27 yanvarda kelishi ma'lum qilingandi.